UZCOPPER Metals
Balansdan tashqari rudalarni qayta ishlash
Yoʻnalish haqida
UZCOPPER Metals — balansdan tashqari va texnogen mineral resurslarni oʻrganish hamda ularni xoʻjalik aylanmasiga jalb qilishga ixtisoslashgan UZCOPPER Holding yoʻnalishi. Hozirda kompaniya xomashyoning resurs salohiyatini va uni samarali qayta ishlash imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan geologiya-qidiruv, laboratoriya va texnologik tadqiqotlar majmuasini olib bormoqda.

Asosiy yoʻnalishlar
Mineral resurslarni baholash
Texnologik yechimlarni tadqiq qilish
Oʻzlashtirish istiqbollarini texnik-iqtisodiy baholash
Bizning yondashuvimiz
Biz balansdan tashqari rudalarni qoʻshimcha mineral resurslarning potensial manbai deb qaraymiz va ularni sanoat miqyosida oʻzlashtirish imkoniyatlarini izchil baholab boramiz.
Aniq texnologik sxema va yakuniy mahsulot tarkibi tadqiqotlar hamda texnik-iqtisodiy baholash natijalariga koʻra belgilanadi.
Istiqbol
Ilgari foydalanilmagan mineral resurslarni iqtisodiy aylanmaga jalb qiluvchi zamonaviy sanoat yoʻnalishini yaratish.






