2024-yilda tashkil etilgan bo‘lib, mis, oltin va boshqa qimmatbaho metallarni o‘z ichiga olgan konsentratlar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutgan holda texnogen konlarni qayta ishlashga qaratilgan korxonalarni tashkil etishga ixtisoslashgan korxona.
«UZCOPPER» MCHJ QK korxonasi an‘anaviy konchilik ish jarayonlari bilan yer qa‘riga zarar yetkazmagan holda, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida o‘nlab yillar davomida to‘plangan texnogen chiqindilarni qayta ishlash, ulardan rangli va qimmatbaho metallarni ajratib olish bo‘yicha innovatsion, zamonaviy va ekologik jihatdan xavfsiz ishlab chiqarishni tashkil etishni o‘z zimmasiga oldi va bu o‘rinda O‘zbekistonda novatorga aylandi. Yaratilayotgan kon-qayta ishlash majmuasidagi texnogen chiqindilarni boshqarishga doir keng qamrovli va ilg‘or yechimlarni, kelajakning eng ekologik jihatdan maqbul yechimi sifatida – ularni chiqindilarni saqlash maydoniga quruq holda joylashtirishni ko‘zda tutmoqda. Shu jumladan, atrof-muhitga salbiy ta‘sirlarni kamaytirish, suv balansi, suv iste‘moli va yer ajratish strategiyasini takomillashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qoydi.
KORXONANI RIVOJLANTIRISH REJASI
Hozirgi vaqtda biz texnogen kon negizida O‘zbekiston Respublikasida yangi boyitish majmuasini qurish loyihasi ustida faol ish olib bormoqdamiz.
Hududning rivojlangan infratuzilmasi va loyihalashtirilayotgan obyektning joylashuvi, mukammal logistika uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan birgalikda mineral resurslardan foydalanish uchun ajoyib imkoniyatlarni yaratadi. Tog‘-kon sanoati va loyihalarni boshqarish sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar va yetakchilardan iborat «UZCOPPER» MCHJ QK jamoasi kelgusidagi boyitish majmuasining optimal infratuzilmasi va dizaynini yaratish ustida ish olib bormoqda.