UZCOPPER-mining loyihasi (UCM)
O‘zbekiston Respublikasida foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha ochiq kon ishlarini olib borishda korxonalarga xizmat ko‘rsatadigan og’ir yuk ko‘taruvchi kon-transport komplekslarini tashkil etish va ularni boshqarishga qaratilgan kompaniya tashkil etish.
Kompaniya tog‘-kon sanoati sohasida global yechimlar bozorida yetakchi bo‘lgan loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda konlarni o‘zlashtirishning barcha bosqichlarida ochiq kon ishlarini bajarish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishning turli xil usullarini ishlab chiqmoqda.
Kompaniya ixtisoslashgan xodimlar shtatiga ega bo‘lib, ularning yuqori malakalari har bir loyihada chuqur mahorat va samaradorlikni ta’minlaydi hamda mijoz va hamkorlarning o’z oldilariga qo’ygan vazifalarni to‘liq bajarishlariga imkoniyat beradi.
Kompaniya o’z mijozlarining muammolarini yengillashtirishga qaratilgan, shuningdek, ekspluatatsiya maqsadlari va shartlariga muvofiq tarzda kon massasini tashish jarayonini amalga oshirish uchun jahon ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan turli xil toifadagi va hajmdagi maxsus o’gir- yuk mashinalarini jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Kompaniya ishlab chiqaruvchi zavodlarning rasmiy dilerlari tomonidan texnik xizmat ko‘rsatish hamda texnik ta’minot ko’rsatish bo‘yicha eng ilg’or jahon amaliyotlariga e’tibor qaratadi, bu esa bizning Mijoz va hamkorlarimizga murakkab ekspluatatsiya sharoitlarida eng yuqori talablarga javob beradigan xizmatlarni kafolatlaydi.